YER OSTI RUDA KONLARIDA SHAKLLANADIGAN TAYANCH BOSIMI ZONALARINING KON LAHIMLARI XAVFSIZLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH

FULL TEXT:

Abstract

Ushbu maqolada yuqori tektonik kuchlanish sharoitlari bilan ifodalanadigan «Qizil-Olma» konining quyi gorizontlarida joylashgan nimqavatlarni qazib olish jarayonida yuzaga keladigan tayanch bosim zonalarining shakllanishini raqamli modellashtirish asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari chuqurlik va qazib olish frontining o‘lchami ortishi bilan siqilish kuchlanishlarining sezilarli darajada ortishini hamda ularning maksimal qiymatlari pastki nimqavat shtreki va qazib olish kamerasining shift qismida konsentratsiyalanishini ko‘rsatdi. Hisoblash natijalari asosida ruda tanasi atrofida siquvchi va tangensial kuchlanishlarning qayta taqsimlanishi, yuqori kuchlanish konsentratsiyasi kuzatiladigan uchastkalar hamda relaksatsiyalangan zonalarning o‘zaro joylashish xususiyatlari aniqlangan. Olingan natijalar kon lahimlari turg‘unligini baholash, kon lahimi bo‘ylab xavfli zonalarni aniqlash va qazib olish parametrlarini optimallashtirish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

List of references

Bakirov G. Kh., Nurxonov X.A., Qoraboyev X.A., Metall romli mustahkamlagich egiluvchan qismining ish sharoitlarini baholash va uning rejimini boshqarish // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – Qarshi, 2023. – Vol.1 – №1. – 64-70 b.

Bakirov G. Kh., Nurxonov X.A., Kon lahimi mustahkamlagichiga ta’sir qiladigan yuklamani hisoblash, hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – Qarshi, 2023. – Vol.1 – №2. – 56-63 b.

Melikulov A.D., Bakirov G. Kh., Alimov Sh.M. Qazib olinayotgan va istiqbolli oltin ruda konlarining geologik va tektonofizik sharoitlarining geotexnologiyalarga ta’sir etishining tahlili // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – Qarshi, 2023. – Vol.1 – №2. – 62-97 b.

Bakirov Gʻ.X., Nurxonov X.A., Bo‘riyev F.M., Ravshanov A.A., Kon lahimlarini ankerli mahkamlashda qo‘llaniladigan kimyoviy ampulalarning o‘rni // Sanoatda raqamli texnologiyalar. – Qarshi, 2026. – Vol.2. – №4,1. – 31-36 b.

Салямова К.Д., Меликулов А.Д., Уралбаев А.Д., Бакиров Г.Х., Зухритдинов Д.Х. Численная оценка развития зон концентрации напряжений в массиве горных пород при влиянии процессов добычи в условиях рудника «Кызыл-Алма» // Muhandislik va iqtisodiyot. – Namangan, 2026. – Vol. – №7.

How to Cite

Salyamova, K., Bakirov, G., Nurkhonov, K., & Zukhritdinov, D. (2026). YER OSTI RUDA KONLARIDA SHAKLLANADIGAN TAYANCH BOSIMI ZONALARINING KON LAHIMLARI XAVFSIZLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH. Mining Machines and Technology , 3(17), 82–87. Retrieved from https://mining.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/353
Views: 18