MIS ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN TEXNOGEN CHIQINDILAR TURLARI HAMDA ULARNING KIMYOVIY VA TAHLILIY TARKIBI
Referat
Ushbu maqolada mis ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan texnogen chiqindilarning turlari, ularning kimyoviy-tahliliy tarkibi va ushbu chiqindilarni kompleks qayta ishlash imkoniyatlari tadqiq etilgan bo’lib, asosiy maqsad mineral xomashyo va polimetall rudalardan foydali komponentlarni maksimal darajada ajratib olish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat. Ish davomida Olmaliq kon-metallurgiya mis boyitish fabrikasi va mis eritish zavodi faoliyati natijasida hosil boʼluvchi qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning mineralogik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Boyitish jarayonidagi mis boyitish fabrikasi chiqindilari, eritish pechlaridan ajralib chiqadigan shlaklar va gaz va changlarning tarkibi tahlil qilinib, chiqindilar tarkibida nafaqat mis (0,11% dan 5,04% gacha), balki oltin, kumush, qoʼrgʼoshin va rux kabi qimmatbaho metallar mavjudligi aniqlangan. Maqolada reniy va molibden ishlab chiqarishda yuzaga keladigan texnologik chiqindilarni va sulfat kislota ishlab chiqarish boʼlimlaridan hosil bo’ladigan katta hajmdagi (soatiga 100 m³ gacha) oqova suvlarning qayta ishlashning iqtisodiy va ekologik ahamiyati asoslab berilgan. Ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundaki, taklif etilayotgan qayta ishlash usullari mahsulot tannarxini pasaytirishga, xomashyodan kompleks foydalanishga va sanoat hududlaridagi ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Maqolada Olmaliq kon - metallurgiya kombinatida so’nggi yillarda flotatsiya, boyitish jarayonlari va metallurgik ishlab chiqarish natijasida yuzaga kelgan chiqindilar muammolari ko’rib chiqilgan. Korxona faoliyati natijasida katta miqdorda sanoat chiqindilari to’plangan: flotatsiya jarayonlaridan hosil bo’lgan chiqindilar miqdori taxminan 955 – 960 mln.tonnani tashkil qilsa, mis eritish zavodlaridan hosil bo’lgan chiqindilar 11 – 13 mln. tonna atrofida baholanmoqda. Flotatsion usullar yordamida boyitishda asosan chiqindilar tarkibida Cu, Zn, Mo, Fe, Au, Ag kabi elementlar bo’lib, oltingugurt miqdori yuqori bo’lgan FeS2, FeS, Fe7S8 kabi minerallarning ishtiroki qimmatbaho elementlarning yo’qolishiga olib keladi. Asosiy muammolardan biri S 1,38–10,5 % (granula o’lchamiga bog’liq), SiO2 65–69 % larning miqdorligiga bog’liq. Chiqindi tarkibidagi qimmatbaho elementlardan mis va temir tarkibli minerallarning miqdori tahlil qilinganda Fe – 42 % ni, Cu – 0,891 % ni tashkil qilgan. Yanchilgan chiqindilarning yuzalari ochilishi hisobiga magnitga tortilish miqdori 0,8 % ga ortganligini ko’rsatadi. Olib borilgan tadqiqotlardan chiqindi tarkibidagi kvarsnig miqdori vyustitili birikmalarning miqdoriga salbiy ta’sir ko’rsatishi va uni bartaraf etishda esa ohakning kinetik ta’siri tahlil qilingan. Bunda yuklangan ohakning optimal miqdori 1 : 0,5 nisbatda qo’shilishi, kremniyning miqdori oshishiga va CaO∙SiO2 birikishiga, bunda haroratning optimalligi va vaqt muhim vazifani belgilaydi. 10000C jarayonni to’g’ri borishi va kislorodning miqdori to’liq ta’sirlashishi uchun agregat ichida aralashtirish ta’minlanishi zarur. Chiqindilarni qayta ishlashning asosiy maqsadi – atrof-muhit va tabiatni texnogen chiqindilardan tozalash dolzarb muammolardan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalar yordamida yoki kam xarajatli texnologiyalar asosida ularni kamaytirish juda zarurdir.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Golik V.I., Razorenov Yu.I., Maslennikov S.A. Protection of the natural geological environment by utilization of ore dressing tailings. Izvestiya Tomsk Polytechnic University. Georesource engineering. 2015. Vol. 326. No. 6. pp. 6–15.
Golik V.I., Razorenov Yu.I., Lukyanov V.G. Ecological and economic aspects of resource conservation in the development of mineral deposits. Izvestiya Tomsk Polytechnic University. Georesource engineering. 2017. Vol. 328. No. 6. pp. 18–27.
Хасанов А.С., Санакулов К.С., Атаханов А.С. Технологическая схема комплексной переработки шлаков Алмалыкского ГМК. Цветная металлургия. 2003. № 4. С. 9–12.
Хасанов А.С. Пирометаллургическое обеднение твердых и жидких конвертерных шлаков ВСК без увеличения выбросов серы в окружающую среду. Автореф. дис.канд. техн. наук. МИСиС. 1991. 21 с.
Купряков Ю.П. Отражательная плавка медных концентратов. М.: Металлургия. 1976. 262 с.
Piatak N.M., Parsons M.B., Seal R.R. Characteristics and environmental aspects of slag: A review. Appl. Geochem. 2015. Vol. 57. pp. 236–266.
Самадов А.У., Аскарова Н.М. Совершенствование переработки шлаков медного производства. Ташкент: VNESHINVESTPROM. 2020. 103 с.
Санакулов К.С., Хасанов А.С. Переработка шлаков медного производства. Ташкент: Фан. 2007. 256 с.
Сигедин В.Н., Аранович В.Л., Довченко В.А., Хасанов А.С., Руденко Б.И. Процесс медной плавки на АГМК. Горный журнал. 1999. № 7. С. 36–38.
Sigedin V.N., Aranovich V.L., Dovchenko B.A., Khasanov A.S. Progress in copper melting at Almalyk mining and metallurgical integrated works. Allerton Press. 2006. pp. 14–15.
Хасанов А.С. Развитие производства меди. Вестник ТашГТУ. 2004. № 3. С. 168–173.
Тарасов А.В., Уткин Н.И. Общая металлургия. М.: Металлургия. 1997.
Хасанов А.С., Сигедин В.Н., Довченко В.А. Способ плавки медных концентратов. Патент РУз № 5071. 1997.
Диомедовский Д.А. Расчеты пиропроцессов цветных металлов. М.: Металлургия. 1963.
Мечев В.В., Быстров В.П. и др. Автогенные процессы в цветной металлургии. М.: Металлургия. 1976. 360 с.
Tian H., Guo Z., Pan J., Zhu D., Yang C., Xue Y., Li S., Wang D. Comprehensive review on metallurgical recycling and cleaning of copper slag. Resour. Conserv. Recycl. 2021. Vol. 168. 105366.
Zhang C., Hu B., Wang H., Wang M., Wang X. Recovery of valuable metals from copper slag. Min. Metall. Explor. 2020. Vol. 37. pp. 1241–1251.
Shen H., Forssberg E. An overview of recovery of metals from slags.Waste Manag. 2003. Vol. 23. pp. 933–949. 19. Mirzajanova S.B. MBF chiqindilaridan FeSiO3 kinetikasi o’rganish. Konchilik mashinalari va texnologiyalari. ISSN: 2181-3442. 27-34 b.
Abduraxmonov S., Mamaraximov S., Xaydaraliyev X., Shaxobov T. Olmaliq sharoitida konvertor changlarini qayta ishlashning zamonaviy usuli. Science and Education. 2022. Vol. 3. No. 4. pp. 315–319.
Mamarahimov S.K., Rahimov S.D., Xoliqulov D.B. Kamyob metallar ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan chiqindi suvlar tarkibidan metallarni ajratib olish imkoniyatlarini o‘rganish. Science and Education. 2021. Vol. 2. No. 6. pp. 278–283.
