KONCHILIK KORXONALARINING YUQORI KUCHLANISHLI HAVO ELEKTR UZATISH LINIYALARIDA TOJLANISH HODISASINI MONITORING QILISHNING NAZARIY ASOSLARINI BAHOLASH
Referat
Ushbu maqolada har qanday moddiy obyektning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi ma’lum miqdordagi energiya sarfini talab qilishi ta’kidlanadi. Elektr tarmoqlari orqali uzatiladigan elektr energiyasi esa o‘z tabiatiga ko‘ra iste’mol qiluvchi yagona mahsulot bo‘lib, uning uzatilishi uchun qo‘shimcha moddiy resurslar zarur emas. Elektr energiyasining amaldagi yo‘qotishlari elektr tarmog‘iga uzatilgan energiya miqdori bilan foydali tarzda iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunday yo‘qotishlar elektr uzatish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ular bir qator fizik, texnik hamda tashkiliy omillar bilan belgilanadi. Elektr energiyasi yo‘qotishlari tarkiban bir necha guruhlarga bo‘linadi. Texnik yo‘qotishlar elektr tarmoqlarining asosiy elementlarida sodir bo‘lib, ular elektr tokining o‘tishi natijasida o‘tkazgichlarning qizishi, havo elektr uzatish liniyalarida yuzaga keladigan tojlanish hodisasi, izolyatorlar orqali sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar, shuningdek transformatorlar, avtotransformatorlar, statik va sinxron kompensatorlar, shunt reaktorlari hamda muz qoplamasini erituvchi qurilmalarda hosil bo‘ladigan energiya yo‘qotishlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tarmoqdagi energiyani uzatish jarayonini ta’minlaydigan podstansiya uskunalarining o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydigan elektr energiyasi ham texnik yo‘qotishlarga kiradi. Shunday qilib, elektr energiyasining uzatish va taqsimlash tizimlarida yo‘qotishlarni chuqur tahlil qilish, ularni aniqlash, hisoblash va korona hamda yuklama yo‘qotishlarini minimallashtirish orqali elektr tarmoqlarining texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirishga erishish mumkin ekanligi ta’kidlangan
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Tovbaev A.N., Mardonov D.Sh., Mamatazimov A.X., Samatova S.S. Analysis of subharmonic oscillations in multi-phase ferroresonance circuits using a mathematical model// Apitech III 2021. Journal of Physics: Conference Series 2094 (2021) 052048 IOP Publishing.
Tog‘ayev I.B.,Tursunova A.A., Eshmirzayev M.A. Monitoring of overhead power lines.// Problems and scientific solutions.Vol.6, Issue 4, 2022 Australia, Melbourne. 267-271pt.
Dorosinsky, A.Yu. Algorithms and methods for determining the error of means simulating electrical signals of sine-cosine rotating transformers / Dorosinsky A.Yu.// XXI century: results of the past and problems of the present: scientific. Penza State Technical University, 2012. No. 6. pp. 42-46.
Baldenko D.F., Baldenko F. D., Gnoev A.N. Screw downhole engines (Reference manual). M.: Nedra, 1999. 375 p.
Milovzorov G.V. Analysis of instrumental errors of inclinometric devices. – Ufa, ed. “Gilem", 1997. 184 pp
Safronov V.A. Theory and practice of using angle sensors based on sine-cosine rotating transformers. Components and Technologies Magazine, Moscow, 2014, №.4. pp.58-62
