DAVRIY UZLUKSIZ TEXNOLOGIK TIZIMINING QAYTA YUKLASH PUNKTLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH ORQALI OPTIMAL KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH
Referat
Ushbu maqolada muallifning boshqa ishlardan farqli ravishda dolzarbligi ahamiyati va matematik modellashtirish holati keltirib o‘tilgan. Konlarda ishlatilayotgan davriy uzluksiz texnologiyalar (DUT) konstruksiyasi, konveyer tasmalarining chidamliligi va ishonchliligi turli ortiqcha yuklanishlar, dinamik ta'sirlar, haroratning keskin o‘zgarishi, tasmaga jinslarning yopishib qolishi, turli mexanik ta'sirlar bilan tavsiflanishi bilan keng tahlil qilindi. Natijada tasmalarning uzilishi va yirtilishining asosiy sabablari ma'lim bo‘ldiki, qayta yuklash bunkerlari ishlash mexanizmi ekanligi aniqlandi. Shundan kelib chiqgan xolda, matematik modellashtirish orqali Ansys dasturi yordamida davriy uzluksiz texnologiyasining qayta yuklash bunkeri ishlash mexanizmi jarayonini modellashtirdik. Qayta yuklash bunkerlarining optimal parametrlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan, tasmaning yaxlitligiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar o‘rganilib chiqilgan xolda optimal deformatsiyasi va kuchlanish kuchi aniqlanadi.
