TIK QIYA KO'MIR QATLAMLARINI QAZIB OLISHDA MEXANIZATSIYALASHGAN KOMPLEKSLARNI QO'LLASH TAHLILI
Referat
Tik qiya ko‘mir qatlamlarini qazib olish yer osti usuluda qazib olish ishlarining eng murakkab vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu, avvalo, qatlamlarning katta qiyalik burchagi, og‘irlik kuchining tog‘ jinslari massivi va kon uskunalariga kuchli ta’siri, shuningdek, qoplama jinslarni boshqarish va tozalash zaboylarida mehnat xavfsizligini ta’minlash sharoitlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Maqolada tik qiya va keskin qiya yotgan ko‘mir qatlamlarini qazib olishda mexanizatsiyalashtirilgan qazib olish komplekslarini qo‘llash bo‘yicha atroflicha analitik sharh keltirilgan. Qiyalik burchagi 35–45° dan yuqori bo‘lgan qatlamlarga moslashtirilgan qazish kombaynlari, zaboy konveyerlari va mexanizatsiyalashtirilgan mustaxkamlagichlarining konstruktiv va texnologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mexanizatsiyalashtirilgan komplekslarni ekspluatatsiya qilishdagi asosiy muammolar, jumladan, uskunalarning tezkor yeyilishi, avtomatlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar hamda xizmat ko‘rsatuvchi personal malakasiga qo‘yiladigan yuqori talablar alohida ta’kidlangan. Shuningdek, tik qiya ko‘mir qatlamlarida mexanizatsiyalashtirilgan qazib olish bo‘yicha xalqaro tajriba, ayniqsa Xitoy va Rossiya misolida, erishilgan texnik-iqtisodiy va ishlab chiqarish samaralari tahlil qilingan. Avtomatlashtirish va masofaviy boshqaruvni joriy etish, tog‘ jinslari massivini raqamli monitoring qilish tizimlarini qo‘llash, uskunalarning energiya samaradorligini oshirish hamda murakkab kon-geologik sharoitlarga moslashtirilgan modulli mexanizatsiyalashtirilgan komplekslarni ishlab chiqish kabi istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari belgilangan.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
T. Zhao; Z. Zhang; Y. Yin; Y. Tan; X. Liu. Ground control in mining steeply dipping coal seams by backfilling with waste rock // J. S. Afr. Inst. Min. Metall. Vol. 118, No. 1. Johannesburg, Jan. 2018. https://doi.org/10.17159/2411-9717/2018/v118n1a3
WU Yongping, LIU Kongzhi, YUN Dongfeng, et al. Research Progress on the Safe and Efficient Mining Technology of Steeply Dipping Seam // Journal of China Coal Society. 2014. Vol. 39, No. 8. Pp. 1611–1618.
Yan Y., Zhang Y., Zhu Y., Cai J., Wang J. Quantitative Study on the Law of Surface Subsidence Zoning in Steeply Inclined Extra-Thick Coal Seam Mining // Sustainability. 2022. Vol. 14. No. 11. Article 6758. https://doi.org/10.3390/su14116758
Satbergenova A., Talgatbayeva D., Vilyev A., Urazaliyev A., Yeliseyeva A., Kaldybayeva A., Gavruk S. InSAR-Based Assessment of Land Subsidence Induced by Coal Mining in Karaganda, Kazakhstan // Geomatics. 2025. Vol. 5. Article 55. https://doi.org/10.3390/geomatics5040055
Готина А.Э., Лещуков Т.В. Сравнительный анализ тектонического строения Донецкого, Кузнецкого и Верхнеленского угольных бассейнов // XVI Всероссийская научно-практическая конференция молодых ученых «РОССИЯ МОЛОДАЯ». 16–19 апреля 2024 г.
Махмудов Д.Р. и др. Обоснование механизированной разработки крутопадающих мощных угольных пластов в условиях Шаргунского месторождения каменного угля // Universum: технические науки. 2022. № 5(98). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/13702
UK42. Технологии разработки крутых угольных пластов. URL: https://uk42.ru/learning/index.php?article=1915
Eickhoff Bergbautechnik GmbH. Technical Documentation. URL: https://www.eickhoff-bochum.de/sites/default/files/field/upload/s1_500_0.pdf
Морозов В.И., Чуденков В.И., Сурина Н.В. Очистные комбайны: Справочник / Под общей ред. В.И. Морозова. — М.: Издательство Московского государственного горного университета, 2006. — 650 с.
SANY Group. Coal Cutter MG Series. URL: https://www.sanyglobal.com/ru/product/mining_xg26_tunneling/coal_cutter/89/
Annakulov T.J., Gaibnazarov S.B., Kuvandikov O.A., Otajonov F.O., Otajonov B.O. Development of a Methodology for Determining the Economic Efficiency of Cyclic-Flow Technology Schemes for Rock Mining Using Mobile Crushing and Reloading-Conveyor Complexes // AIP Conference Proceedings. 2022. Vol. 2432. No. 1. Article 030115. https://doi.org/10.1063/5.0089668
Haqberdiyev A.L., Azizkulov M.A., Ziyotov S.A. Ko‘mir konlarida mexanizatsiyalashgan komplekslarni ishlatish imkoniyatlari // Geologiya fanlari, innovatsion rivojlanish va mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari va istiqbollari xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2025. 640–643-b.
Азизкулов М.А., Муродов З.Т., Ҳақбердиев А.Л., Қучаров Ф.Ф. Мураккаб кон-геологик шароити «Шарғункўмир» конида механизациялашган комплексларни қўллаш истиқболлари // Академик V.R. Raximovнинг 90 йиллигига бағишланган «Yer osti boyliklaridan oqilona va bexatar foydalanishda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning istiqbollari» мавзусидаги халқаро илмий-техник анжуман материаллари. — Тошкент: ТошДТУ, 2024. — 187–190-б.
