KARYERLARDA PORTLATISH ISHLARNI OLIB BORISHDA TOG‘ JINSLARI PARCHALARI SOCHILIB KETISHINI KAMAYTIRISH USULLARINI ISHLAB CHIQISH
Referat
Ushbu maqolada karyerlarda portlatish ishlari olib borilayotganda tog‘ jinslari parchalari sochilib ketishini kamaytirish bo‘yicha asosiy va ishlab chiqilgan usullardan foydalangan holdagi sanoat portlashlari natijalari ko‘rib chiqilgan. Ularning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Portlash natijasida uchib ketuvchi tog‘ jinslari parchalari tomonidan himoya ostidagi obyektlarga zarar yetkazilishining oldini olish va xavflarni minimallashtirish uchun nazorat choralari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Yer yuzasida sodir bo‘ladigan portlashlar natijasida yuzaga keladigan zarb-to‘lqin ta’siri ostida binolar va inshootlar uchun xavfsiz masofalar hamda tog‘ jinslarining ayrim parchalari uchib ketish ehtimoli bo‘yicha insonlar uchun xavfli masofalar hisoblab chiqilgan. Aniqlangan xavfsiz masofalar an’anaviy me’yorlarga nisbatan sezilarli darajada kichik bo‘lib, portlatish ishlarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Taklif etilgan usul portlash gazlarining skvajina og‘zidan chiqishi jarayonida tog‘ jinslari parchalari xavfli darajada sochilib ketishining oldini olishga hamda portlash impulsi davomiyligini oshirishga imkon beradi, bu esa tog‘ jinslari massividan zarur darajada maydalanish effektini olish imkonini yaratadi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Инструкция по производству взрывных работ с защитными укрытиями. ‒ М.: ЦПЭС, 1987.
Лещинский А.В., Шевкун Е.Б. Забойка взрывных скважин на карьерах. ‒ Хабаровск: изд. ТОГУ, 2008. ‒ С. 95-122.
Умаров Ф.Я., Сулейманов А.А., Фатхиддинов А.У., Мехмонов М.Р. «Методикой исследования параметров пылегазового загрязнения атмосферы при производстве массовых взрывов на карьерах» на месторождении Кальмакыр АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат». ‒ Алмалык, 2023, ‒ 36 с.
Нормативный справочник по буровзрывным работам / Авдеев Ф.А., Барон В.Л., Гуров Н.В., Кантор В.Х. ‒ М.: «Недра», 1986. ‒ 511 с.
