ELEKTR YURITMALARNING ORTIQCHA YUKLANISHI NATIJASIDA YUK KO‘TARUVCHI KONVEYER MEXANIZMLARIDA YUZAGA KELADIGAN TEXNOLOGIK BUZILISHLARNING ELEKTR ENERGIYASI SIFATIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Referat
Ushbu maqolada elektr yuritmalarining ortiqcha yuklanish sabablari, yuzaga keladigan buzilishlarni tasniflash hamda ularning elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlariga — kuchlanish, chastota, fazalar simmetriyasi va quvvat koeffitsiyentiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha keng qamrovli tahlil amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda yuk ko‘taruvchi mexxanizmlarning ortishi transport masofasining uzayishiga olib kelib, konveyer elektr yuritma tizimining ekspluatatsion xarajatlarini oshirmoqda. Bundan tashqari, ruda tashish uchun mo‘ljallangan elektr yuritma tizimi ko‘plab qurilmalar bilan ishlaydi va ularning parametrlarini optimallashtirish zarur. Zamonaviy konchilik korxonalarida elektr yuritma tizimlarining ishonchliligi va energiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Transport liniyalari uzunligining ortishi yuritma agregatlaridagi mexanik va elektr yuklamalarning oshishiga sabab bo‘lib, ularning ortiqcha yuklanish sabablarini batafsil tahlil qilishni taqozo etadi. Ortiqcha yuklanishlar yuritmalar o‘rtasida yuklamaning notekis taqsimlanishi, ta’minlovchi kuchlanishning tebranishlari, shuningdek, mexanik qismlarning yoyilishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ushbu omillar elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlariga — kuchlanish barqarorligi, chastota, fazalar simmetriyasi va quvvat koeffitsienti — bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning me’yorlardan chetlanishi tizimning umumiy samaradorligini pasaytiradi va ekspluatatsion xarajatlarni oshiradi. Shu bois, ko‘p yuritmaga ega konveyer tizimlari ishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda nosozliklarni diagnostika qilish va tasniflash usullarini ishlab chiqish hamda elektr yuritma parametrlarini optimallashtirish dolzarb vazifa bo‘lib, bu ularning ishonchliligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga imkon beradi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Tovbaev A.N., Mardonov D.Sh., Mamatazimov A.X., Samatova S.S. Analysis of subharmonic oscillations in multi-phase ferroresonance circuits using a mathematical model// Apitech III 2021. Journal of Physics: Conference Series 2094 (2021) 052048 IOP Publishing.
Tog‘ayev I.B.,Tursunova A.A., Eshmirzayev M.A. Monitoring of overhead power lines.// Problems and scientific solutions.Vol.6, Issue 4, 2022 Australia, Melbourne. 267-271pt.
Dorosinsky, A.Yu. Algorithms and methods for determining the error of means simulating electrical signals of sine-cosine rotating transformers / Dorosinsky A.Yu.// XXI century: results of the past and problems of the present: scientific. Penza State Technical University, 2012. No. 6. pp. 42-46.
Baldenko D.F., Baldenko F. D., Gnoev A.N. Screw downhole engines (Reference manual). M.: Nedra, 1999. 375 p.
Milovzorov G.V. Analysis of instrumental errors of inclinometric devices. – Ufa, ed. “Gilem", 1997. 184 pp
Safronov V.A. Theory and practice of using angle sensors based on sine-cosine rotating transformers. Components and Technologies Magazine, Moscow, 2014, №.4. pp.58-62.
