NOTEKIS QATLAMLARDA PDC-DOLOTALAR ISHLASH MEXANIKASINI YEYILISH JARAYONLARI VA VIBRATSION TAʼSIRLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA TADQIQ ETISH
Referat
Maqolada mustahkamligi va tuzilishi bo‘yicha notekis bo‘lgan qatlamlarda PDC-dolotalarning ishlashiga xos bo‘lgan mexanik va dinamik jarayonlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, tebranish rejimlarining tog‘ jinsini barqaror ezish jarayoniga, burg‘ilashning energiya samaradorligiga hamda kesuvchi elementlar yeyilish tezligiga ta’siri alohida o‘rganiladi. Shuningdek, yumshoq va qattiq qatlamlar o‘rtasidagi o‘tish zonalarida yuzaga keladigan bo‘ylama, burilish (krujilma) va yonlama tebranishlarning kelib chiqish mexanizmlari hamda ularning o‘zaro kuchayishi tahlil qilingan. Maqolada dolota va tog‘ jinsi o‘zaro ta’sirini tavsiflovchi mexanik-matematik, energetik va empirik modellarning taqqoslovchi sharhi beriladi. Bu doirada o‘qi yuklanishi va aylanish tezligiga bog‘liq ravishda o‘tish tezligining o‘zgarish qonuniyatlari, tog‘ jinsini buzish uchun zarur bo‘lgan maxsus mexanik energiya mezonlari, shuningdek, burg‘ilashning beqaror rejimlarini aniqlash usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tebranishlarning energiya sarfini oshirishi, kesish jarayonining bir maromda borishini buzishi va kesuvchi elementlarning yemirilishini kuchaytirishini ko‘rsatadi. Bunga qirindilarni uchirib yuborish, termomexanik shikastlanish va charchoqdan hosil bo‘ladigan yorilishlar kiradi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Маурер, В.К. Механика разрушения горных пород при бурении / В.К. Маурер. - М.: Недра, 1965. - 210 с.
Петров, А.Н. Математическое моделирование взаимодействия буровой колонны и долота с породой / А.Н. Петров, С.В. Гаврилюк // Вестник технических наук. - 2020. - № 4. - С. 112-119.
Сидоров, М.А. Влияние неравномерности вращения долота на динамику бурения / М.А. Сидоров, И.Л. Кузнецов // Горный информационно-аналитический бюллетень. - 2021. - № 6. - С. 95-100.
Барков, А.В. Геомеханическое моделирование устойчивости ствола скважины в трещиноватых породах / А.В. Барков // Инженерный журнал. - 2019. - № 3. - С. 78-84.
Teale, R. The concept of specific energy in rock drilling / R. Teale // International Journal of Rock Mechanics and Mining Sciences. - 1965. - Vol. 2, No. 1. - P. 57-73.
Bourgoyne, A.T. Applied Drilling Engineering / A.T. Bourgoyne, F.S. Young. - Richardson: Society of Petroleum Engineers, 1986. - 502 p.
Павлов, А.А. Энергетические модели бурения и прогноз износа долота / А.А. Павлов, С.Н. Григорьев // Бурение и нефть. - 2022. - № 10. - С. 31-35.
Ахмедов, Т.Ш. Прогноз разломов по 3D-сейсмике и ГИС при бурении / Т.Ш. Ахмедов, К.Н. Ибрагимов // Геология и разработка нефтяных и газовых месторождений. - 2020. - № 2. - С. 60-65.
Ильмендеева, О.И. Оперативный контроль геологических границ с использованием LWD / О.И. Ильмендеева, В.А. Носов // Бурение и нефть. - 2021. - № 5. - С. 40-44.
Киселёв, А.С. Применение нейросетей для предсказания осложнений при бурении / А.С. Киселёв, С.В. Нечаев // Интеллектуальные технологии в геологии. - 2024. - № 1. - С. 23-29.
Гуринов, Е.Г. Гибридные модели прогноза аварий в сложных геологических условиях / Е.Г. Гуринов, Н.Ю. Ключников // Геоинформатика. - 2023. - № 6. - С. 70-75.
Halliburton. LOGIX Real-Time Optimization System [Электронный ресурс]. - Режим доступа: https://www.halliburton.com/, свободный. - Дата обращения: 01.12.2025.
